18:40 / 14.12.2018
14 738

So‘z ustasi Obid Asomov vafot etdi

So‘z ustasi Obid Asomov vafot etdi
Avvalroq, joriy yilning 10 dekabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asamov og‘ir yurak xuruji bilan poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Obid Asomov bugun, 14 dekabr kuni 55 yoshida o‘tkir infarkt xastaligidan vafot etdi. Bu haqdagi xabarni Asomovning yaqinlari tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Obid Asomov joriy yilning 22 oktyabr kuni 55 yoshni qarshilagan edi.

Zamin.uz tahririyati a’zolari nomidan Obid Asomovning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Marhumni Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » So‘z ustasi Obid Asomov vafot etdi