
18 dekabr kuni O‘zbekistonning g‘arbiy hududini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonining A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lida kuchli qor yog‘ishi va yo‘llar muzlashi kuzatiladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, 18 dekabr kuni Qamchiqda havo harorati kunduzi -3 darajagacha tushishi, tunda esa -8 darajagacha tushishi kutilmoqda.
18-19 dekabr kunlari tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50-100 m.ni tashkil qiladi. Shamol tezligi 20-25 m/s.gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi.
Vazirlik havo harorati keskin pasayishi va yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilishini inobatga olib, yo‘lda ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ragan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar