3 858
Bosh prokuratura: Dindorlarning "qora" ro‘yxati endi yo‘q, urg‘u profilaktikaga berilmoqda
Bosh prokuratura xalq orasida avvallari "qora ro‘yxat" deya tanilgan ro‘yxat endi mavjud emasligini ta’kidladi.
"O‘zbekistonda diniy ekstremizm yo‘liga kirganlar (gumonlanayotganlar – T24 izohi) ro‘yxati yo‘q. Yaqinda qabul qilingan "Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun ham terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash usullari o‘zgarayotganidan, urg‘u profilaktikaga berilayotganiga dalolatdir", degan O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev 19 dekabr kungi xalqaro press-klubda.
Bu ma’lumot "RIA Novosti" jurnalisti Dmitriy Pivovarovning taqiqlangan diniy-ekstremistik guruhlarga aloqadorlar ro‘yxatida necha kishi qolgani haqidagi savoliga javoban berilgan.
O‘zbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik guruhlarga aloqadorlar, moyillik ko‘rsatganlar yoki adashib qo‘shilib qolgan kishilarning ro‘yxatini olib borish amaliyotiga 2017 yilda barham berilgan edi. Shu yili prezident Shavkat Mirziyoyev 1 sentyabr kuni Toshkentdagi Xasti Imom masjidi hovlisidagi Baroqxon madrasida imom xatiblar bilan uchrashuvi chog‘ida “diniy-ekstremistik oqim a’zolari ro‘yxati”da bo‘lgan 17 ming odamdan 16 ming nafari ro‘yxatdan o‘chirilgani, ularning “normal hayotga" qaytganini aytgan.
"Diniy oqimda turganlardan 16 mingini yana bir marta ular bilan suhbatlashib, hayotini bilib, bu ro‘yxatdan chiqardik. Lekin ularni tashlab qo‘yish noto‘g‘ri bo‘ladi. Endi shu 16 ming odamni tarbiya qilishimiz, jamiyatimizga kirgizishimiz kerak", deb ta’kidlagan Mirziyoyev imomlar bilan uchrashuvda.
7 dekabr kuni Konstitutsiya kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev jazoni o‘tayotgan 3 ming 333 nafar, jumladan, faoliyati man etilgan tashkilotlarga kirib qolgan 646 nafar mahkum afv etilib, oilasi bag‘riga qaytarilganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi