17:28 / 20.12.2018
4 608

Prezident raisligida navbatdagi videoselektor bo‘lib o‘tmoqda

Prezident raisligida navbatdagi videoselektor bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning birinchi va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, moliya, bandlik, pensiya, iqtisodiyot, statistika, tijorat banklari, elektr, suv va gaz korxonalari, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari hamda kun tartibidagi masalaga aloqador boshqa tashkilot rahbarlari, shuningdek, har bir shahar va tumanlar soliq inspeksiyasi rahbarlari boshchiligida 5 nafardan yirik tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari ishtirok etishmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda «Soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari Konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, soliq solish tizimini takomillashtirish va shaffofligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar» muhokama qilinadi.

Shuningdek, kun tartibidan byudjet daromadlariga belgilangan rejaning bajarilishi hamda byudjetga mablag‘larni undirish bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni aniqlash ham o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident raisligida navbatdagi videoselektor bo‘lib o‘tmoqda