Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning birinchi va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, moliya, bandlik, pensiya, iqtisodiyot, statistika, tijorat banklari, elektr, suv va gaz korxonalari, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari hamda kun tartibidagi masalaga aloqador boshqa tashkilot rahbarlari, shuningdek, har bir shahar va tumanlar soliq inspeksiyasi rahbarlari boshchiligida 5 nafardan yirik tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda «Soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari Konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, soliq solish tizimini takomillashtirish va shaffofligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar» muhokama qilinadi.
Shuningdek, kun tartibidan byudjet daromadlariga belgilangan rejaning bajarilishi hamda byudjetga mablag‘larni undirish bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni aniqlash ham o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi