
Toshkentlik 28 yoshli Shahzoda Husanova «Telegram» orqali bir erkak bilan tanishib, yozishma yozishayotgandi. Tasodifan erkakning xotini bu yozishmalarni ko‘rib qolgan-u, Husanovaning qayerda yashashini aniqlab, dugonalari bilan birga undan o‘ch olish uchun borgan.
Ayollar kvartira ichkarisiga kiriboq Shahzoda Husanovani polga ag‘darishgan va rosa kaltaklashib, tishlab tashlashgan. Bu ham kamlik qilgandek, qizning sochini duch kelgan yeridan qirqib, sharmandali bir ahvolga keltirib tashlashgan.
Shu haqda O‘zbekiston Respublika bosh prokuraturasi rasman ma’lum qildi.
Hozirgi paytda mazkur ish bilan militsiya xodimlari shug‘ullanmoqda.
Manba: vesti. uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar