20:43 / 21.12.2018
5 932

Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olindi

Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olindi
Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

«Muidjon Tohiriy hibsga olindi. Hozir tergov olib borilmoqda. Tergov siri nuqtai nazaridan boshqa ma’lumot berilishi maqsadga muvofiq emas», dedi Surayyo Rahmonova.

Muidjon Tohiriy 2006-2008 yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2010 yil sentyabrdan 2011 yil iyungacha O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi bo‘lgan. 2011 yil iyun oyidan yana MXX raisi o‘rinbosari lavozimiga qaytgan va 2016 yil oxirigacha ishlagan. Orada 2013 yilda Prezident xavfsizligi xizmatini ham boshqargan.

Uning so‘nggi ish joyi Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘lib, 2016 yil 20 dekabrda rais etib tayinlangan va 2018 yil 12 fevral kuni ishdan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olindi