Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan:
- jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- yuridik shaxslar – 12 foiz;
- tijorat banklari – 20 foiz;
- sement (klinker) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;
- polietilen granulalar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;
- mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;
- dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Eslatib o‘tamiz, ilgarigi tartib bo‘yicha jismoniy shaxslarning daromadiga quyidagicha soliq solingan:
- daromadning eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha bo‘lgan qismiga – 0 foiz;
- daromadning eng kam oylik ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha qismiga – 7,5 foiz;
- eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha qismiga – 16,5 foiz;
- daromadning eng kam oylik ish haqining o‘n baravari va undan ko‘p qismiga – 22,5 foiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi