06:00 / 28.12.2018
3 207

Endi YPX xodimlarining xizmat faoliyati baholab boriladi

Endi YPX xodimlarining xizmat faoliyati baholab boriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, har choraklik ishlarni baholash yakunlariga ko‘ra, faoliyati qoniqarsiz deb topilgan DYHXX YPX xodimlariga nisbatan ta’sir chorasi sifatida lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda bir martalik pul ushlanishi qo‘llaniladi.

Bir martalik pul ushlanishi intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi va uning qo‘llanishi intizomiy jazo chorasini qo‘llash bilan bog‘liq oqibatlarga olib kelmaydi.

Har choraklik ishlarni baholash yakunlariga ko‘ra, faoliyati samarali deb topilgan DYHXX YPX xodimlariga nisbatan lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti qo‘llaniladi.

Ushbu pul mukofoti rag‘batlantirish chorasi hisoblanmaydi va xodimning amaldagi intizomiy jazosi mavjudligiga qaramasdan qo‘llaniladi.

Bir martalik pul ushlanishini va mukofotini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida tashkil etiladigan DYHXX YPX xodimlarining biriktirilgan sektorlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyatini baholash komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

DYHXX YPX xodimlarining faoliyati quyidagi holatlarda baholanmaydi:

DYHXX YPX xodimi sektorga vaqtincha biriktirilganda yoki tegishli uchastkada majburiyatlarini vatincha bajarayotganda;

DYHXX YPX xodimini tegishli sektorga biriktirish muddati (davrning davomiyligi) hisobot choragi muddatidan oshmaganda;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalarini bitirgandan so‘ng ichki ishlar organiga xizmatga qabul qilingan DYHXX YPX xodimi tegishli sektorga biriktirilganda - faoliyatni murabbiylar rahbarligida amalga oshirish davrida;

belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqishi, uzoq muddatli maxsus tadbirlarga jalb qilinishi yoki sog‘ligi holati bo‘yicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida) xizmat vazifasini vaqtincha bajara olmagan taqdirda.

Agar bir sektorga ikki va undan ortiq DYHXX YPX xodimi biriktirilsa, ularning faoliyatini baholash va pul ushlanishi yoki mukofoti tarzidagi choralar ularning har biriga nisbatan teng qo‘llaniladi. Xodim o‘z faoliyatini murabbiy rahbarligida amalga oshiradigan holatlar bundan mustasno.

Biriktirilgan sektorlarda DYHXX YPX xodimlarining faoliyati dastlab bir martalik pul ushlanishi tarzidagi choralarni qo‘llash mezonlari bo‘yicha baholanadi.

Agar DYHXX YPX xodimlari faoliyatida bir martalik pul ushlanishi choralarini qo‘llash mezonlariga mos keladigan ko‘rsatkichlar bo‘lmasa, bunday holatda komissiya tomonidan bir martalik pul mukofoti tarzidagi choralarni qo‘llash mezonlari bo‘yicha baholanadi.

DYHXX YPX xodimlari faoliyatida baholashning har ikki mezoniga mos keladigan ko‘rsatkichlar bo‘lmasa, ularga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi choralar qo‘llanilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi YPX xodimlarining xizmat faoliyati baholab boriladi