Bir necha uy va kvartiralarga ega shaxslar uchun soliq miqdori oshiriladi

O‘zbekistonda bir necha uy-joyga va dala hovliga ega shaxslar uchun yuqori stavkada mulk solig‘i joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi ob’yektlari uchun yuqori miqdorda soliq to‘laydilar.
Bu haqda «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.
Hujjatga ko‘ra, Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2019 yil 1 mayiga qadar, xalqaro tajribani o‘rgangan holda, jismoniy shaxslarning ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi ob’yektlari uchun yuqori stavkadagi soliqlarni joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirig‘i berilgan.

Izohlar 0
…