Toshkentda “Prezident archasi” tantanalari boshlandi (video)

Foto: OʻzA
Toshkentdagi “Turkiston” saroyida 29 dekabr kuni “Prezident archasi” tantanalari boshlandi, deb xabar beradi OʻzA. Bayramona bezatilgan “Turkiston” saroyidagi archa atrofida Qorbobo va Qorqiz bolajonlarni raqsga chorlaydi. Turli ertak qahramonlari kichkintoylarning zukkoligini sinaydi.
Bir-biridan qiziqarli, moʻjizalarga boy sahna koʻrinishlari bayram ishtirokchilariga manzur boʻlmoqda. Bayram shodiyonalari “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan “Orzu qil!” nomli teatrlashtirilgan musiqiy dasturi bilan davom etdi.
Mazkur dastur oʻgʻil-qizlarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bolalarga Prezidentning Yangi yil sovgʻalari topshirildi. Eslatib oʻtamiz, bunday tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda boʻlib oʻtmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkentdagi “Turkiston” saroyida 29 dekabr kuni “Prezident archasi” tantanalari boshlandi, deb xabar beradi OʻzA. Bayramona bezatilgan “Turkiston” saroyidagi archa atrofida Qorbobo va Qorqiz bolajonlarni raqsga chorlaydi. Turli ertak qahramonlari kichkintoylarning zukkoligini sinaydi.
Bir-biridan qiziqarli, moʻjizalarga boy sahna koʻrinishlari bayram ishtirokchilariga manzur boʻlmoqda. Bayram shodiyonalari “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan “Orzu qil!” nomli teatrlashtirilgan musiqiy dasturi bilan davom etdi.
Mazkur dastur oʻgʻil-qizlarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bolalarga Prezidentning Yangi yil sovgʻalari topshirildi. Eslatib oʻtamiz, bunday tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda boʻlib oʻtmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…