6 081
Bosh prokuratura Andijondagi hayvonot bog‘ida yuz bergan fojia bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Avvalroq, Andijondagi hayvonot bog‘ida sher qorovulning o‘limiga sabab bo‘lgani xabar qilingandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ushbu hodisa bo‘yicha ba’zi tafsilotlarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 30 dekabr kuni soat 16:30 lar chamasida, «USMONOBOD FAYZI» MChJga qarashli Xo‘jaobod tumani Xidirsha MFYda joylashgan, ishga tushirilmagan «Hayvonot bog‘i» soqchisi X.A., jamiyatda hech kim yo‘q vaqtda, bu joyda boqilayotgan 2 ta sher yirtqich hayvoni yoniga ular bilan o‘ynash maqsadida borib, qafas ichiga kirganida, sherlar X.A.ga tashlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasining olingan dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, «bo‘yin va tananing boshqa sohalarida ko‘plab ochiq yaralar, tananing orqa yuzasida ko‘plab o‘tkir botiq yaralar jarohatlari» yetkazilishi va o‘tkir qon tomir yetishmovchiligi natijasida voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga tuman prokurori, uning 1-o‘rinbosari, tuman IIB boshlig‘i va tezkor tergov guruhi yetib borgan. Tergovga qadar tekshiruv tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv davomida 2018 yil 30 dekabr kuni Sud-tibbiy va sud-kriminalistik ekspertizalari tayinlangan.
Shuningdek 2018 yil 31 dekabr kuni «Andijon viloyati bandlik bosh boshqarmasi»ga «Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» qoida talablari buzilgan yoki buzilmaganligi yuzasidan tekshiruv tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi