Foto: «Novosti Uzbekistana»
O‘zbekiston Prezidentining 2018 yilning 26 dekabridagi «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020—2021 yillarda byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda ichki iste’mol bozorida narxlarni barqarorlashtirishga ko‘mak ko‘rsatish jamg‘armasi tugatildi, deb yozadi «Daryo».
Hujjatda shu paytgacha jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lar va uning qoldiqlari respublika byudjetiga o‘tkazilishi belgilangan. Jamg‘arma bir yarim yil faoliyat ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Prezident o‘z qarori bilan yana uchta byudjetdan tashqari jamg‘armani tugatdi.
Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasining vazifalari Moliya vazirligiga yuklatildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi vazifalari Moliya vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida taqsimlanadi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi boshqaruviga topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi