Toshkentda 10 ming AQSH dollarini noqonuniy ravishda sotgani uchun uch nafar erkak qoʻlga olindi, deya xabar berdi Kun.uz nashri.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 5 yanvar kuni huquqni muhofaza qilish idoralariga oʻzini Nuriddin deb tanishtirgan erkak ayol kishiga dollarni soʻmga “qora bozor” kursida - bir AQSH dollari uchun 8500 soʻmdan almashtirib berishni taklif qilgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Qoʻshma tadbirlar natijasida IIBB xodimlari va Bosh prokuratura vakillari chet el valyutasining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanganlikda gumon qilib uch nafar erkakni qoʻlga olishdi.
IIBBdan taʼkidlashlaricha, ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof tarzda sotish yoki sotib olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi