14:06 / 10.01.2019
4 181

Endi ishga qabul qilishda "propiska" talab qilinmaydi

Endi ishga qabul qilishda "propiska" talab qilinmaydi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat matni “Xalq so‘zi”da e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

223-modda (Pasport tizimi qoidalarini buzish):

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
- “Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yilishi, xuddi shuningdek fuqarolar tomonidan o‘z turar joylarida shaxslarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashashiga yo‘l qo‘yilishi, –
- eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
- to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n besh” degan so‘zlar “o‘n” degan so‘z bilan almashtirildi;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirildi:
- “O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘z vaqtida pasport olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi”;
- 223-2-modda (Ishga qabul qilishda pasport tizimi qoidalarini buzish) chiqarib tashlandi.

Ya’ni, kodeksdan vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilganlik uchun ish beruvchini ma’muriy javobgarlikka tortishga asos bo‘luvchi modda chiqarib tashlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 80-moddasining (Ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar) uchinchi qismi (Ishga kirayotgan shaxsning pasporti haqiqiy bo‘lmasa, xuddi shuningdek ishga kirayotgan shaxs vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan bo‘lsa ishga qabul qilish rad etilishi mumkin) quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin”.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi ishga qabul qilishda "propiska" talab qilinmaydi