
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi va “O‘zbekzargarsanoati" uyushmasi bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelgacha bo‘lgan muddatda ilg‘or xorijiy tajriba tahlillari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalar:
- tegishli ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan va belgilangan talablarga javob beradigan korxonalarda qimmatbaho metallar yombisi ishlab chiqarishni tashkil etish;
- tashkilotlar — zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga lizing asosida qimmatbaho metallar berilishi mexanizmini joriy etish;
- zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida, shuningdek, qimmatbaho metallar parchasi va qayta ishlangan qimmatbaho toshlarni yuridik va jismoniy shaxslardan shartnoma asosida sotib olish huquqini berish;
- qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hamda tijorat banklari tarmoqlari orqali bevosita qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalariga sotish narxini shakllantirish;
Markaziy bankning hududiy boshqarmalari va tijorat banklari orqali konvertatsiya qilinadigan valyuta o‘rnini bosuvchi investitsiya vositasi - naqdsizlashtirilgan metall hisob raqamlari ochish uchun qimmatbaho metallardan keng foydalanish maqsadida metallar yombisi savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar