09:10 / 16.01.2019
5 086

Andijonda tadbirkorlarni qiynoqqa solgan militsionerlar qo‘lga olindi

Andijonda tadbirkorlarni qiynoqqa solgan militsionerlar qo‘lga olindi
Ayni paytda kamida to‘rt nafar Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyat bo‘limi xodimlari tarafidan so‘roq qilinmoqda.

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga qarashli jinoyat qidiruv hamda terrorizmga qarshi kurash bo‘limi vakillari o‘tgan yil 19 oktyabrida qo‘lga olingan. Bu amalni Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasidagilar ham tasdiqlashgan.

Andijonlik tadbirkorlardan birining aytishicha, bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari To‘lanboy Razzoqov egallab turgan lavozimidan ozod qilingan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bo‘limdagi to‘rt nafar tezkor xodim — Humoyun, Odil, Botir va Shukurlar Davlat xavfsizlik xizmati viloyat bo‘limi yerto‘lasida saqlanmoqda. Bu militsionerlar so‘nggi besh yil ichida viloyat ichki ishlar boshqarmasini mafiya o‘chog‘iga aylantirib olishgandi. Ular muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan, ishi yurishib ketgan tadbirkorlarni arzimas bahona bilan 15 kunlab kameraga qamab, biznesini boshqa shaxslarga xatlab berishini talab qilib kelishgan. Maqsadga erishish yo‘lida ularni o‘ta shafqatsizlarcha qiynoqlarga solishgan. Rozi bo‘lmaganlar ustidan yo‘q joydan jinoyat o‘ylab topilib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jabrdiydalar 15 yillab muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Afsuski, tadbirkorlar aybsiz ekanliklarini hech qaysi yo‘l bilan isbotlay olishmagan. Ularga bunday imkoniyat qoldirilmagan.

Hozirga qadar tadbirkorlarning 150 nafarga yaqin qarindoshlari militsionerlar ustidan yuqori tashkilotlarga shikoyat arizalari yo‘llagan.
Andijonda militsiya xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinganini respublika Bosh Prokuraturasidagilar ham tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda tadbirkorlarni qiynoqqa solgan militsionerlar qo‘lga olindi