O‘zbekiston fuqarosining pasportini o‘rnini bosuvchi identifikatsiya kartasini joriy etish 2021 yildan boshlab joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 18 aprel kuni qabul qilingan qarori bilan 1 noyabrdan boshlab Toshkentda ID-karta tizimini joriy etish rejalashtirilgandi, ammo muddat o‘zgardi.
Davlat personalizatsiya markazi direktori Najmiddin To‘raxo‘jayev O‘zbekiston prezidentining 26 dekabrdagi qaroriga asoslanib ma’lum qilishicha, ID-kartalar 2021 yildan boshlab, ehtimol undan ham vaqtliroq bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bundan avval esa barcha zaruriy infratuzilma yaratilishi lozim.
«O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti fuqaro haqida ham elektron ham qog‘oz ko‘rinishida barcha asosiy ma’lumotlarni tashuvchi sanaladi. Pasportdagi barcha ma’lumotlarni ID-karta joriy etilishi bilan uning chipiga ko‘chirish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa butun respublika bunga tayyor bo‘lishi kerak, ID-karta funksional vazifani bajarishi lozim. Fuqaro boradigan har qanday davlat muassasasida uni qo‘llash mumkin bo‘lgan zaruriy uskunalar bo‘lishi lozim», — deydi To‘raxo‘jayev.
ID-kartalar bosqichma-bosqich amaldagi milliy pasportlarni o‘rnini bosadi va barcha davlat xizmatlaridan foydalanishda asosiy vosita bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi