
18 yanvar kuni soat taxminan 19.00da Toshkent shahar Yunusobod tumanida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tumandagi Usta Shirin va Ahmad Donish koʻchalari chorrahasida 18 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Kobalt” va 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Lasetti” oʻrtasida toʻqnashuv yuzaga kelgan. Natijada “Kobalt” agʻdarilib ketgan.
Hodisa oqibatda “Kobalt”dagi yoʻlovchi — 41 yoshli ayol tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan. Haydovchilar esa shikastlanishmagan.
Ushbu YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi IIBB xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar