Buyuk Britaniyaning Acumen Education» kompaniyasi «MBU Capital» investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.
Joriy yilning 21 yanvarida «Acumen Education hamda «MBU Capital» kompaniyalarining delegatsiya a’zolari mamlakatimizga ta’lim tizimi va mahalliy sharoitlarni o‘rganish uchun tashrif buyurdi. Delegatsiyaga «MBU Capital» kompaniyasi muassisi, ijrochi direktori va investitsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Iqbol Muhammad hamda «Acumen Education» ijrochi direktori Mark Labovich rahbarlik qilmoqda.
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov Britaniya kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuvda O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini ochish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati
Uchrashuvda Britaniya kompaniyalari vakillari tomonidan ayni paytda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy xususiy maktablar tarmog‘ini va premium maktabini hamda xorijiy universitet ochish uchun sarmoya kiritish masalalarini ko‘rib chiqilayotgani haqida ta’kidladilar.
Otabek Nazirov Xalq ta’limi vazirligi mazkur loyiha bo‘yicha «Acumen Education» va «MBU Capital» kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashi hamda ta’limga oid ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
«Acumen Education» va MBU Capital» kompaniyalari delegatsiyasi tashrifi joriy yilning 26 yanvarigacha davom etadi. Delegatsiya a’zolari ishtirokida mamlakatimizning davlat tashkilotlari, shuningdek, moliya institutlarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda ular Toshkent va Samarqand shahridagi maktablarga tashrif buyuradilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi