5 437
Fargʻonada 3,5 mln dollarni Qirgʻizistonga olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi (video)
Davlat xavfsizlik xizmati Fargʻona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Fargʻona - Yuqori Vodil yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan “Neksiya” avtomobili Vodil yoʻlining “Novket” MFY hududida toʻxtatildi.
“Oʻzbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan lavhada aytilishicha, mashina koʻzdan kechirilganda, uning isitish moslamasi ichida 23 ta oʻramda AQSH dollari borligi aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu pullar mazkur mashinada ketayotgan A.M.ga tegishli boʻlgan. “Neksiya” avtomashinasi egasi, Vodil qishlogʻida yashovchi A.D.ning aytishicha, u 50 dollar evaziga A.M.ni Qoʻqon shahriga olib borib, ushbu valyutalarni olib kelgan.
Tezkor surishtiruv davomida A.D.ning yashash xonadonidan ham 24 ta oʻramda boʻlgan AQSH dollarlari olindi. Shuningdek, A.M. ushbu valyutalarni Qoʻqon shahrida Oʻ.X.dan olganligi aniqlandi va u ham ushlandi.
Lavhada aytilishicha, noqonuniy pullarning umumiy miqdori 1 mln 763 ming dollarni tashkil qilgan.
Yana bir holat. Qirgʻizistonda tugʻilib oʻsgan va hozirda Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi 56 yoshli A.Yo.ning avtomashinasi ham koʻzdan kechirilganda, 35 dona oʻram topildi. Ular ochib tekshirilganda 1 mln 771 ming 650 AQSH dollari borligi maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, Buvayda tumanida yashovchi N.J. ushbu pullarni Toshkentdan Fargʻonaga keltirib bergan. A.Yo. esa ularni noqonuniy yoʻllar orqali Qirgʻiziston Respublikasiga oʻtkazib berishi kerak boʻlgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida qonunbuzarlardan jami 3 mln 534 ming 650 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan DXX Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu pullarning haqiqiy egalarini aniqlash boʻyicha ham zarur choralar koʻrilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi