Foto: «Daryo»
Bugun, 31 yanvar kuni Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazida OAV xodimlari uchun press-tur va matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.
Matbuot anjumanida ishtirok etgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City qurilishining barcha ishtirokchilari ya’ni investorlarga bir xil shart-sharoitlar yaratilganini qayd etib o‘tdi.
«Bir sotix yer hamma uchun bir xil narxda ya’ni 20 ming dollardan, 1 gektar yer maydoni esa 2 million dollardan sotildi. Summa hamma uchun bir xil belgilandi», — deydi Toshkent shahar hokimi.
Shuningdek, Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City qurilishiga investorlar jalb qilish borasida o‘zi duch kelgan qiyinchiliklar haqida ham gapirib o‘tdi:
«Davlat rahbari taklifiga binoan Tashkent City qurilishiga boshchilik qilgan paytim menga qurilishni uch yilda bitirish vazifasi yuklandi. O‘shanda men 700 nafar investorlar bilan uchrashuv o‘tkazganman. Lekin ulardan birontasi ham investitsiya kiritishga rozi bo‘lmagan. Chunki Tashkent City joylashadigan hudud jozibador tuyulmagan ularga. Bundan tashqari, hech bir kompaniya uch yil ichida ushbu loyihani amalga oshirish mumkinligiga ishonmagan.
Shundan so‘ng men O‘zbekistondagi o‘zim bilgan, tanigan yirik tadbirkorlarga murojaat qilganman. 4-lotga investitsiya kiritgan Murad Buildings, 2-lotni qurayotgan Real House shular jumlasidan. Ularga ushbu hudud jozibadorligini tushuntirganman. Ular mana shu loyihaning kelajagiga ishonch bildirib, rozi bo‘lishgan. Men O‘zbekistonda mana shunday shijoatli, qat’iyatli tadbirkorlar ko‘payishini xohlagan bo‘lardim», — deydi Ortiqxo‘jayev.
Hokimning qayd etishicha, mahalliy kompaniyalardan biri Family Group ham Tashkent City investori hisoblanadi. Shuningdek, yana uchta mahalliy bank ham loyihaga sarmoya kiritgan.
«Tan olaman, banklarni ishontirish ham oson bo‘lmagan. Banklarga borib, boshqaruv raislari bilan bir necha marta uchrashganman, tushuntirganman. Ular ham osonlikcha mablag‘ ajratishga rozi bo‘lmagan. Keyinchalik, ‘Olmazor’ va ‘O‘qchi’ mahallalarida uylar buzilib, odamlar uy bilan ta’minlanib, qurilish boshlanganidan keyin, banklar vakillari kela boshlagan», — deydi hokim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi