5 713
Ortiqxo‘jayev: "Axmet Demir 30 mln dollar investitsiya kiritish hisobiga «Chorsu» mehmonxonasini tekinga olgan"
Foto: O‘zA
Axmet Demir poytaxt markazidagi «Chorsu» mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagandi. Turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytardi, deya xabar beradi O‘zA.
— Axmet Demir O‘zbekistonga 30 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish hisobiga poytaxt markazidagi «Chorsu» mehmonxonasini mutlaqo tekinga olgan, — dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev. — Keyinchalik kredit olish uchun O‘zbekistondagi banklarga murojaat qilgan. Ya’ni, u tashqaridan O‘zbekistonga 30 million dollar investitsiya kiritmagan.
Mazkur masalada mutasaddilar yuqoridagi ma’lumotlar bilan cheklandi, xolos. O‘zA muxbirining «Endilikda Axmet Demir talab qilgan qo‘shimcha 3 gektar joy ajratiladimi yoki yo‘q?», degan savoli esa ochiq qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi