Turkiyalik tadbirkor Axmet Demir «Xalq so‘zi» nashriga bergan intervyusida «Chorsu» mehmonxonasi rekonstruksiyasi nima uchun oqsayotgani haqida gapirib, bu jarayonda Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddilarni ayblagan edi.
31 yanvar kuni Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida turkiyalik tadbirkorning e’tirozlariga javob berildi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
Xususan, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomovning aytishicha, Ahmet Demir «Chorsu» mehmonxonasi bo‘yicha o‘z investitsiya majburiyatlarini hamon bajarmagan.2017 yilda
Demir Group kompaniyasi 2017 yilning sentyabr oyida «Chorsu» mehmonxonasi binosini kamida 33 million dollar miqdorida investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan nol xarid qiymatida sotib oldi.
«Mana Tashkent City. U qurilmoqda, lotlar bunyod etilyapti. Undan yarim kilometr masofada joylashgan ‘Chorsu’ mehmonxonasini olaylik. 20 yildan beri qurilmoqda. Turkiyalik tadbirkorga uni bepul berganmiz.
To‘rt yulduzli mehmonxona va’da qilishgandi, katta va’dalar berilgan, 30 million xorijiy investitsiyalar aytilgan. Natijani ko‘ryapmiz. Va’dani bajarish o‘rniga, o‘zbek banklari pul bermagani, shuning uchun muddatlar kechikayotgani haqida gapirmoqda. Bu yerda o‘zbek banklarining nima aloqasi bor? Investor majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan», — deydi Ravshan G‘ulomov.
«Eng katta muammo - qog‘ozbozlik. Bizga qo‘shimcha yer kerak, sababi mehmonxona kamida to‘rt yulduzli bo‘lib, 350 ta xonadan iborat bo‘ladi. Xorijlik hamkorlarimiz bunday yirik inshootda namunali xizmat ko‘rsatish uchun 2 gektarlik maydon kamlik qilishini aytishgandi. Shundan so‘ng biz Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etgandik. Natijada yana 3 gektar yer qo‘shib berilishi va’da qilinib, bu haqda davlat rahbarining qarori ham chiqdi», — degan edi Axmet Demir o‘z intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi