Illyustrativ foto.
Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi katta tergovchisi Mingchinor ko‘chasida yashovchi A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini yuritayotgan edi.
2019 yil 30 yanvar kuni unga ushbu qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining bir qismini tugatib berishni so‘rab, gumonlanuvchining Tinchlik MFYda yashovchi Z.R. ismli tanishi 500 AQSh dollarini pora sifatida taklif etadi. Tergovchi bu haqda viloyat IIBga murojaat qiladi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ushbu bildirgi yuzasidan 30 yanvar kuni viloyat ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Z.R. 450 AQSh dollarini xodimga pora sifatida berayotganida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq Z.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi