18:18 / 04.02.2019
5 147

2019 yilda O‘zbekistonda bo‘yicha 355 ta ko‘p qavatli arzon uy quriladi

2019 yilda O‘zbekistonda bo‘yicha 355 ta ko‘p qavatli arzon uy quriladi
Faoliyat boshlaganiga endigina ikki yil to‘lgan «O‘zshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi tomonidan shu kunga qadar 602 ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar barpo etilgan bo‘lib, birgina 2017 yilda belgilangan dasturga muvofiq, respublikamiz bo‘yicha jami 7 ming 919 ta xonadondan iborat 191 ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilib foydalanishga topshirilgan. Shundan 102 ta ko‘p qavatli turarjoy binolari Toshkent shahrida qad ko‘targan. Poytaxtimiz va viloyatlarda barpo etilayotgan arzon uy-joylar hududlar qiyofasini o‘zgartirish, zamonaviy infratuzilma yaratish bilan birga, jamiyatdagi ko‘plab muammolarga yechim topish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, uy-joylar qurilishi uchun ishlatilayotgan qurilish materiallari hisobiga g‘isht, tayyor beton qorishmasi, temir-beton mahsulotlari va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari ko‘payishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sayotganligi;

-qolaversa qo‘shni Rossiya va Qozog‘iston Respublikalarida musofirchilikda ishlab yurgan qanchadan-qancha vatandoshlarimizning qaytib kelib, shu qurilish ob’ektlarida mehnat qilayotganliklari;

- 2017 va 2018 yillarda uy-joylarga ko‘chib o‘tgan 24 ming dan ortiq xonadonlar sohiblarining yangi maishiy texnika va boshqa jihozlar xarid qilishi mamlaktimiz yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga o‘z hizmat qilayotganidan dalolat beradi.

O‘tgan davr mobaynida injiniring kompaniya tomonidan mamlakatimizda ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurish dasturi o‘tgan ikki yil davomida to‘liq bajarilib, barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy uylar o‘z vaqtida arzon ipoteka kreditlari asosida o‘z egalariga topshirildi. Kompaniya tomonidan birgina o‘tgan 2018 yil mobaynida jami 16 ming 907 xonadondan iborat 411 ta ko‘p qavatli arzon uylar bunyod etildi. Shundan 172 tasi poytaxtimizda qurilib, shahrimiz ko‘rkiga yanada chiroy baxsh etdi. Kompaniya tomonidan joriy yilda belgilangan dastur asosida 355 ta zamonaviy ko‘p qavatli arzon turarjoy binolari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 170 tasi poytaxtimizda qurilishi mo‘ljallangan.

Bugungi kunda injiniring kompaniyasi tomonidan respublikamizda qurilayotgan arzon uy-joylar qurilishiga jami 30 mingdan ortiq ishchi-mutaxassislar jalb etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yilda O‘zbekistonda bo‘yicha 355 ta ko‘p qavatli arzon uy quriladi
[/banner_pushhouse