Foto: «iiv.uz»
«O‘zbekko‘mir» AJga qarashli «Apartak» ko‘mir koni hududiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy kirib, taxminan 600 kilogramm ko‘mirni 6 bosh uy hayvonlarining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilishicha, 2019 yilning 2 fevral kuni taxminan 21:00larda O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi «Angren» va «Apartak» ko‘mir konlarini qo‘riqlash alohida otryadi navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, shu kuni 18:00larda Angren shahar Beruniy mahallasida yashovchi X.Odimatov, D.Mirzabayev va A.Kushmatovlar o‘zaro til biriktirib, «O‘zbekko‘mir» AJga qarashli «Apartak» ko‘mir koni hududiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy kirib, taxminan 600 kilogramm ko‘mirni 6 bosh uy hayvonlarining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotganlarida otryadning mobil guruhi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
«O‘zaro til biriktirib, qo‘lbola usulda kondan ko‘mir tashishga harakat qilgan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga muvofiq hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz"
Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi