06:27 / 11.02.2019
4 121

Jizzaxda 8 kishi pomidor konservasidan zaharlandi

Jizzaxda 8 kishi pomidor konservasidan zaharlandi
2019 yil 8 fevral kuni Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida yashovchi M.P. (ismli ayol) o‘z uyida oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor mahsulotini (marinovka) iste’mol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ularning 5 nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV fuqarolarni uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlarini iste’mol qilishda hamisha hushyor bo‘lib, avvalo uning iste’molga yaroqlilik holatiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 8 kishi pomidor konservasidan zaharlandi