“International Beverages Tashkent” MChJ QKdagi 24 foizlik davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi. Bu Prezidentning 19 fevraldagi davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmonida belgilab berildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qo‘shma korxonada davlatning ulushi 24 foiz bo‘lsa, qolgan 76 foizi Holten Group Corp. kompaniyasiga tegishlidir.
“International Beverages Tashkent” Zip, 7up, Adrenaline Rush, Lipton va Miranda savdo markalari uchun ham javob beradi. Ushbu kompaniya zavodi 2011 yilda Sebur ichimliklari ishlab chiqarish bazasida ochilgan edi.
Yaqin oylar ichida aktivlarni sotuvga qo‘yish qiymati va muddatlari aniqlab olinadi.
Bundan oldin davlat “Coca-Cola”dagi ulushini sotuvga qo‘yishi aytilgandi. 2018 yil sentyabr oyida kompaniya aksiyalarining nazorat paketi(51,7 foizi) “O‘zbekozikovqatxolding”ga, qolgan 42,9 foizi “The Coca-Cola Export Corporation”ga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan.
“O‘zbekozikovqatxolding” o‘z ulushini xorijlik investorga sotishi kutilyapti. Bunda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vositachi vazifasini bajaradi va bitimni rasmiylashtirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi