Bosh prokuratura Toshkent shahrida sobiq hokim Rahmonbek Usmonov davrida yangi mahalla markazlarini qurishda aholi roziligini olmasdan binolarni buzish va qurilish qilish holatlarini aniqladi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Bosh prokuratura boshqarma prokurori Abdurahim Muhiddinovga ko‘ra, Toshkent shahri hokimi va tuman hokimlari qonunga zid ravishda yuzlab qarorlar qabul qilgan. Ushu masalada Toshkent shahar prokuraturasiga fuqarolardan bir qancha murojaatlar kelib tushgan. Prokuratura fuqarolarning 29 ta murojaatini ko‘rib chiqib, hokimlarning 15 ta qaroriga protest berib, ularni haqiqiy emas deb topish haqida sudga ariza bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, qonunchilikda Toshkent shahrining tuman hokimlari doimiy foydalanish uchun yer uchastkasi ajratish vakolatiga ega emas. Biroq, Toshkent shahar hokimi jami 11 qarorida mazkur qonun talabiga zid ravishda tuman rahbarlariga «Zamonaviy mahalla» loyihalari uchun yer ajratish yuzasidan topshiriq bergan. Bu xato esa boshqa yuzlab xatolarga yo‘l ochgan.
Buning natijasida tuman hokimlari tomonidan 392 ta qonunga zid qaror qabul qilingan. Yunusobod tumanida 56 ta, Uchtepa tumanida 52 ta, Olmazor tumanida 45 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 44 ta noqonuniy qaror qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi