
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 1—3 mart kunlari «Chimgan-Extreme« chang‘i festivali o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Toshkent viloyatida turizmning ekstremal va tog‘ turizmi yo‘nalishlari bo‘yicha qulay muhit yaratilgan. Chang‘i, snoubording, paraplan va deltoplanda uchish, velosport, motosport kabi sport turlarini rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar yetarli. Ayni paytda viloyatda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xabarda aytilishicha, chang‘i festivali O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, viloyat hokimligi, viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida tumanning Chimyon hududida o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar