06:02 / 01.03.2019
8 673

Navoiyda ona 16 yashar qizini bir xonali kvartira evaziga 30 yosh katta erkakka uzatib yubordi

Navoiyda ona 16 yashar qizini bir xonali kvartira evaziga 30 yosh katta erkakka uzatib yubordi
Navoiyda yashovchi Muyassar Xojiyeva shaharda bir xonali kvartiraga ega bo‘lish niyatida hali voyaga yetmagan 16 yoshli qizini undan 30 yosh katta T. Haqberdiyev degan erkakka imi-jimida turmushga uzatib yubordi.

Shubhasiz, nikoh rasmiylashtirilmagan. Evaziga o‘sha kvartirani oldi ham. Ammo qiz o‘z vaqtida mahalla qo‘mitasidagilarga shu haqda ma’lum qildi. Mahalladagilar esa huquqni muhofaza qilish tashkilotiga xabar berishdi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida qizni erkakning changalidan qutqarib olishdi. Muyassar Xojiyeva hamda T. Haqberdiyevlarga nisbatan tegishli jazo choralari ko‘rildi. Hozirgi paytda qizaloq psixolog nazoratiga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda ona 16 yashar qizini bir xonali kvartira evaziga 30 yosh katta erkakka uzatib yubordi