“8 mart kuni dazmol, choynak va changyutkich sotmaymiz!”

“8 mart kuni dazmol, choynak va changyutkich sotmaymiz!”
Oʻzbekistondagi maishiy texnika savdosi bilan shugʻullanadigan bir doʻkonlar tarmogʻi 8 mart kuni va uning arafasida changyutkich, dazmol va elektron choynak sotmasligini maʼlum qildi.

—Biz har yili 8 martda maishiy texnikalardan dazmol, choynak va changyutkichlar sotuvi keskin ortganini koʻramiz. Albatta, ular kundalik hayotda zarur boʻlgan narsalar, lekin goʻzal ayollarimizga bayram sovgʻasi boʻla oladigan matoh emas. Biz 8 martda har bir ayol uchun alohida sovgʻa olinishi tarafdorimiz.

Magazin egalari bayramda ayollarni telefon, planshet, noutbuk yoki shaxsiy foydalanadigan boshqa mahsulotlar bilan quvontirish kerakligini aytmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar