22:30 / 04.03.2019
5 047

Etik va kurtka yoqasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

Etik va kurtka yoqasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib oʻtish holatlariga chek qoʻyishmoqda.

Jumladan, mazkur postga kirib kelgan fuqaro T. N.ning xatti-harakatlari xodimlar eʼtiborini tortdi. Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi. Natijada, uning qoʻl yuklari va etigi ichidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, ogʻirligi 252 grammni tashkil etuvchi 7,5 million soʻmlik 39 dona zargarlik buyumlari yashirilganligi aniqlandi.

Ushbu shaxs U.A. ning qoʻl yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazilganida esa yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan, jami ogʻirligi 335 gramm boʻlgan, oq metalldan yasalgan 10 million soʻmlik, 45 dona zargarlik buyumlarini yashirib, mamlakatimizga olib kirayotgani aniqlandi.

Fuqaro M.D.esa zargarlik buyumlarini yashirincha olib oʻtishning yangi usulini oʻylab topgan ekan. Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, egnidagi kurtkasi yoqasi chetiga yashirib tikilgan umumiy qiymati 13,3 million soʻmlik 444 gramm zargarlik buyumlarini yashirganligi fosh qilindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Etik va kurtka yoqasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi