4 933
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarning 110 mingdan ortigʻi “amnistiya” qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 20.04.2018 yildagi PF-5421-son farmoniga asosan fuqarolarning oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalari yoki qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha 2019 yil 1 mayga qadar bir martalik umumdavlat aksiyasi eʼlon qilingan.
Joriy yil 1 mart holatiga oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarning 398 400 tasi boʻyicha Davlat xizmatlari markazlariga arizalar kelib tushgan va ulardan 112 425 tasi qanoatlantirilib, 48 405 tasi rad etilgan boʻlsa, 234 235 tasi koʻrib chiqilmoqda, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Bu boradagi ishlarni tashkil etish va amalga oshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari huzurida tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan.
Masalan, Namangan viloyati boʻyicha aksiya doirasida fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilgan 15 761 ta uy-joyni xususiy mulk qilib olishga ruxsat berilgan boʻlib, 21 mingdan ortiq uy-joyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha komissiyalar tomonidan ish olib borilmoqda.
Prokuratura organlari tomonidan komissiyalar faoliyatida qonuniylikni taʼminlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish bilan birga, aksiya doirasida fuqarolarning xususiy mulk huquqlarini taʼminlash borasida ham bir qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati, Pop tumani hududidagi Pop ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaligiga qarashli jami 258 gektar yer maydonida 1 058 ta turar joylar bir necha yillar oldin oʻzboshimchalik bilan qurilgan boʻlib, mazkur xonadonlardagi 1 152 ta oilada jami 4 858 nafar aholi istiqomat qilib kelayotgan boʻlsa-da, ushbu yer maydoni oʻrmon xoʻjaligiga tegishli boʻlganligi sababli, turar joy egalariga mulk huquqi berilmasdan kelingan.
Bosh prokuratura aralashuvi bilan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan mazkur yer maydonini Pop tumani hokimligi balansiga oʻtkazish haqida kelishuvga erilishib, Pop tuman hokimining joriy yil 18 fevraldagi 641-sonli qarori bilan oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 258 gektar yer maydoni hokimlik balansiga olinishi taʼminlandi.
Ushbu yer maydonida oʻzboshimchalik bilan turar-joy qurgan 1 058 nafar fuqarolardan imoratlarga mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha murojaatlari qabul qilib olinib, ularning turar joylariga nisbatan mulk huquqini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi