4 688
Shavkat Mirziyoyev: “Menga doʻst boʻlishni istasangiz maktabgacha taʼlimga eʼtibor bering”
Foto: Prezident matbuot xizmati
Namanganning chekka qishlogʻida qurib bitkazilgan bolalar bogʻchasidagi sharoit hatto Toshkentda ham yoʻq. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Namanganda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida maʼlum qildi, deya xabar beradi “Daryo” nashri.
— Sohamizga metsenatlik, yaʼni begʻaraz homiylikning ilk koʻrinishlariga Namanganda guvoh boʻldik. Art Soft Tex Group Yangiqoʻrgʻon tumanining Nanay qishlogʻida qurib bitkazgan 100 oʻrinli bogʻchadagi sharoitlar hatto Toshkentda ham yoʻq. Korxona ushbu muassasani vazirligimizga sovgʻa qildi. Yana Uztex Group ham Uchqoʻrgʻon va Norinda bogʻcha qurib, ixtiyorimizga topshirdi, — dedi vazir.
Hozirda Namanganda bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish 36 foizni tashkil etadi. Davlat rahbari bu koʻrsatkichni 2 yilda 61 foizga yetkazish, viloyatdagi kollejlar ixtiyorida boʻlgan 26 ta yotoqxonani bogʻchalar uchun ajratishga koʻrsatma berdi.
— Shunday tadbirkorlardan 50 nafar boʻlsa hokimda muammo qolmaydi: yoʻl ham, maktab ham, kasalxona ham, bogʻcha ham boʻladi. Menga doʻst boʻlishni istasangiz maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga eʼtibor bering, — dedi davlat rahbari.
Faollar yigʻilishida ishtirok etayotgan tadbirkorlardan biri shu yerning oʻzida shaxsiy mablagʻlari hisobidan bogʻcha qurib berish istagini bildirdi. Prezident unga Namanganda yod yetishmovchiligi muammosi, buqoq kasalliklari keng tarqalganini inobatga olib, endokrinologiya kasalxonasi qurishni tavsiya qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi