6 236
Oʻzbekistonda qaysi xorijiy OTMlarning hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri nostrifikatsiya qilinadi?
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlandi.
Roʻyxat quyidagi xalqaro tashkilotlari reytingi asosida tuzildi:
ARWU – The Academic Ranking of world Universities;
THE – Times Higher Education;
QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.
Reytingda birinchi 1000 ta oʻrinni egallagan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.
Qoʻshma qaror bilan tasdiqlangan xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy taʼlim muassasalari 2018 yilda eʼlon qilingan roʻyxat asosida shakllantirilgan hamda navbatdagi reyting eʼlon qilingunga qadar amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?