5 062
Mirziyoyev: “Yaqin 4-5 yilda barcha bolalar maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olinadi”
Oʻzbekistonda yaqin 4-5 yilda bogʻcha yoshidagi barcha bolalar maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimdagi nutqida maʼlum qildi.
“Biz yaqin 4-5 yilda yurtimizdagi bogʻcha yoshidagi barcha bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olish vazifasini oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻyganmiz. Bu – bizning ayollarimiz, bolalarimiz oldidagi qarzimiz, kerak boʻlsa, kelajak oldidagi muqaddas vazifamiz va biz uni albatta ado etamiz”, - deya aytib oʻtdi davlat rahbari.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda mamlakatda 7 ming 104 ta maktabgacha taʼlim maskani faoliyat koʻrsatmoqda. Keyingi 2 yil davomida 2 ming 211 ta yangi bogʻchalar tashkil etilib, ularga qoʻshimcha 243 ming bola qabul qilindi.
“Boshqacha aytganda, yurtimizda bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olish darajasi soʻnggi bir yarim yilda 12 foizga oshib, 38 foizni tashkil etmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining farmoni bilan 2017 yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi. Hujjatda aytilishicha, soʻnggi 20 yil davomida mamlakatda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining soni 45 foizdan koʻproqqa qisqardi, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish esa taxminan 30 foizni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni