“Navbahor” - “Qoʻqon-1912” oʻyinidan qaytayotgan namanganlik muxlislar avtohalokatga uchradi

“Navbahor” - “Qoʻqon-1912” oʻyinidan qaytayotgan namanganlik muxlislar avtohalokatga uchradi
10 mart kuni Superliga 1-turi doirasida “Navbahor” va “Qoʻqon-1912” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv Toshkentda oʻtkazildi. 1:1 hisobida yakunlangan ushbu oʻyindan soʻng fojiali holat sodir boʻldi.

Tribuna.uz xabariga koʻra, “Navbahor”ning 5 nafar muxlisi boʻlgan “Neksiya” avtomashinasi Toʻraqoʻrgʻonda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan “Damas” avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

Kun.uz maʼlumotiga koʻra, ikki avtomashina toʻqnashuvi oqibatida jami 4 kishi halok boʻlgan, 5 kishi shifoxonaga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda jabrlanganlarning ahvoli haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Hozircha IIV bu hodisa haqida rasmiy maʼlumot bermadi.

Qayd etish kerakki, “Navbahor” - “Qoʻqon-1912” oʻyini Namangandagi stadion mavsumga tayyor boʻlmagani sabab Toshkentda oʻtkazilgandi. Avvalroq bu oʻyinni Fargʻonadagi “Istiqlol” stadionida oʻtkazish taklifi ham paydo boʻlgan, lekin oʻyin Toshkentda oʻtkazilishiga kelishilgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar