Kecha “Flydubai”kompaniyasi tomonidan Dubaydan Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaparvoz amalga oshirildi. Bu bilan mazkur kompaniya Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat yuritayotgan aviakompaniyalar orasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni taqdim qiluvchi ilk kompaniyaga aylandi.
Aytish joizki, Dubay-Toshkent oraligʻida toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovining yoʻlga qoʻyilishi ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim qadam boʻlib, manfaatli loyihalarga imkon yaratuvchi tashriflarni amalga oshirishni koʻzda tutadi.
Mazkur yoʻnalishdagi parvozlar haftasiga besh marta amalga oshiriladi. Joriy yilning 31 mayidan boshlab esa yoʻlovchilar har kuni “Flydubai” kompaniyasi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.
Dubaydan Toshkentga ekonom-klassning borish-kelish tarifi 420 AQSH dollaridan boshlanadi. Bu narx 20 kilogramm yuk va ovqatni oʻz ichiga oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi