
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi nomidan tarqatilgan eʼlon yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi. Diqqat!” deb boshlanib, bir qancha grammatik xatoliklar bilan tarqatilgan eʼlon Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tayyorlanmagan.
Maʼlum qilinishicha, hozirgi kunda soxta eʼlon tarqatish bilan shugʻullangan ijtimoiy manbalarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmang. Aniq va toʻgʻri maʼlumotlarni faqatgina rasmiy manbalardan olishingiz mumkin”, - deyiladi IIV xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar