11:00 / 22.03.2019
5 576

Prokuratura organlarida 1198 ta shtat qisqartirildi

Prokuratura organlarida 1198 ta shtat qisqartirildi
Prokuratura organlarining 1 198 ta shtat birligi qisqartiriladi, shundan 87 tasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoniga, 470 tasi Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalariga yoʻnaltiriladi.

Bu haqda prezident 15 martda maxsus farmonni imzolagan. Soliq qonunchiligi boʻyicha oʻrinbosar lavozimi tugatilgani haqida avvalroq xabar berilgan.

Shuningdek, 2019 yil 1 apreldan tadbirkorlarni tekshirish prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi Bosh prokuratura tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tasarrufiga oʻtkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura organlarida 1198 ta shtat qisqartirildi