“Oʻzbekiston temir yoʻllari” joriy yilning sentabr oyigacha yer osti metropolitenining birinchi qismini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
“Biz “Doʻstlik” metro bekatidan “Qoʻyliq” bozorigacha uzunligi 11 kilometr boʻlgan dastlabki bosqichni joriy yilning sentyabrigacha ishga tushirishni rejalashtirganmiz”, — deb taʼkidlagan kompaniya vakili.
Metro halqa yoʻlining umumiy uzunligi 52 kilometrdan oshadi. Harakatlanish oʻrtacha tezligi 60 kilometr boʻladi.
2017—2021 yillarga moʻljallangan loyiha besh bosqichdan iborat boʻlib, umumiy hisobda 35 ta stansiyalar qurish rejalashtirilgan.
Yangi metro Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlaridan oʻtadi.
Xabarda aytilishicha, metro halqa yoʻli kuniga 40 mingga yaqin yoʻlovchilar tashiydi. Beshta bosqich ishga tushirilganidan keyin esa ularning soni taxminan bir millionga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi