Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan “Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja” jomeʼ masjidida qayta taʼmirlash ishlari oʻz nihoyasiga yetgani munosabati bilan 30 mart kuni binoning ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Ibrohimjon Inomov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi masjidlar boʻlimi mudiri Muhammadnazar Qayumov, tuman bosh imom-xatiblari hamda koʻplab mahalliy aholi vakillari qatnashdi.
“Tadbir Qurʼon tilovati va xayrli duolar bilan boshlanib, tashrif buyurganlarga ehson dasturxoni yozildi”, — deyiladi Azon.uz xabarida.
Toshkent shahrining Fayziobod mahallasida joylashgan “Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja” jome masjidi dastlab 1962 yilda qurilgan. Sobiq ittifoq davrida masjid deyarli faoliyat yuritmagan. 1991-1992 yillarda Fayziobod mahallasida istiqomat qilgan Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja hojining xayrli tashabbusi hamda mahalla ahli va faollari ishtirokida hashar yoʻli bilan qayta tiklanib, taʼmirlangan. 1997 yilda masjidga “Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja” jome masjidi nomi berilgan. 1999 yildan jome masjid sifatida faoliyat koʻrsata boshlagan.
2017 yilning dekabrida mazkur masjidni yangidan qurish ishlari boshlangandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?