06:00 / 04.04.2019
3 513

Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar va bekatlar tashkil qilinadi

Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar va bekatlar tashkil qilinadi
Foto: Sputnik
“Toshkent shahrida yoʻl-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi, deb yozadi Sputnik.

Qaror loyihasida aytilishicha, Toshkent shahar hokimligi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar hokimligi tuzilmasi tarkibida “Toshkent transporti” davlat unitar korxonasini tashkil etish taklifini maʼqullash koʻzda tutilgan.

“Toshkent transporti” korxonasining asosiy vazifalari:

- 2019—2021 yillarda jamoat transporti bekatlarining yagona konsepsiyasini joriy etish, ushbu bekatlarda nogironlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Wi-Fi va jamoat transporti kelishiga qolgan vaqtni koʻrsatuvchi elektron tablo mavjudligi inobatga olinadi;

- avtomobil turargohlarga avtoulovlarni kiritish (qoldirish) vaqtida, inson omilini istisno qiluvchi, avtomatlashtirilgan hisob-kitob va toʻlov tizimlarini joriy etish;

- Toshkent shahrining parkovka hududini boshqarish boʻyicha yagona markaz tashkil etish;

- yoʻl harakati qoidalarini buzgan, parkovka toʻlovini toʻlamagan, yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlgan holatlarda avtomobillarni evakutsiya qilish uchun “Toshkent shahar hokimiyatining evakutsiya xizmati”ni tashkil qilish;

- shahar yoʻl-transport infratuzilmasi va transport masalalari boʻyicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash boʻyicha yagona call-markaz tashkil qilish;

- Toshkent shahrining barcha svetofor obyektlarini onlayn rejimida boshqarish boʻyicha yagona markazning “Yoʻl harakati xavfsizligini kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi”ni tashkil etish;

Qaror loyihasi 18 aprelgacha muhokama qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar va bekatlar tashkil qilinadi