
Avtohalokat Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik ko‘chasida shu yil 5 aprel kuni sodir bo‘ldi. «Mersedes» haydovchisi svetoforning taqiqlangan signalidan o‘tib ketib, «Matiz» avtomobili bilan to‘qnashib ketdi.
Oqibatda «Matiz» haydovchisi hamda ikki yo‘lovchi jiddiy jarohat oldi. «Mersedes» haydovchisi esa jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish o‘rniga voqea joyidan yashirindi.
Sal o‘tmay, huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari aybdorni tutishdi albatta. U 33 yoshli Elyor M. bo‘lib chiqdi.
Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar