
Foto: Yoshlar media markazi
Ayni kunlarda O‘zbekiston yoshlari delegatsiyasi Nyu York shahridagi BMT bosh qarorgohida bo‘lib turibdi.
Kuni kecha bu yerda Davlatimiz rahbari tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surilgan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusiga bag‘ishlangan muhokama tashkil etildi.

Foto: Yoshlar media markazi
Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev so‘zga chiqib, O‘zbekistonning yoshlar siyosatidagi pozitsiyasi, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida BMT minbarida turib gapirdi.
Shundan so‘ng mamlakatimiz delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Germaniya kabi bir qator davlatlar delegatsiyalari bilan ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
Bugun mazkur mamlakatlar yoshlar tashkilotlari bilan O‘zbekiston yoshlari ittifoqi o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, delegatsiyamiz Irlandiya, Portugaliya, Avstriya, Norvegiya, Daniya kabi davlatlar bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar