
Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019 yilning dastlabki 3 oyida tergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 (3 264) ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 190 taga yoki 1,5 foizga kamaygan. Shundan 1 756 (1 819) nafar shaxsga nisbatan 1 129 (1 183) ta jinoyat ishi sudga yuborilib, o‘tgan yilga qaraganda 54 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.
2019 yilning dastlabki 3 oyida 399 (263) ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan 210 (143) tasi JPKning 83-moddasiga, 189 (120) tasi 84-moddasiga asosan tugatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 16,1 (9,7) foizini tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha 2019 yil 3 oyida 90 ta qotillik jinoyati sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan (123) 33 taga yoki 26,9 foizga kamaygan. Sodir etilgan qotillik jinoyatlarining hozircha faqat 1 tasi fosh etilmasdan qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar