Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishi bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan shu kabi holat fosh etildi.
Qo‘shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro K.D.ning xatti harakatlari bojxonachilarning e’tiborini tortdi. Ushbu fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, o‘z yonida oyoq kiyimi tagligi ichiga yashirgan holda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, og‘irligi 420 gramm oq rangli metalldan yasalgan, qiymati 12,6 million so‘mlik 29 dona uzuk, 24 juft zirak, 19 dona kulon, 28 dona zanjir va 3 dona bilak uchun zanjirlarni yashirib, olib o‘tishga bo‘lgan urinishlari naf bermadi.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Aynan shu post xodimlari qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.S.ni ham xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishganda, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan og‘irligi 120 gramm oq metalldan yasalgan, qiymati 3,6 million so‘mlik 19 dona zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida yashirincha olib kirishga uringanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi