Rossiya va O‘zbekiston tarixni qayta yozishga qarshi bo‘lib, tarixiy xotirani saqlab qolish va urush hamda mehnat faxriylariga munosib munosabatda bo‘lish tarafdori. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston poytaxtidagi uchrashuv va muzokaralar natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.
«Kelgusi yil O‘zbekiston MDHda raislik qilishi, yil esa - yubiley, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi bo‘lishi munosabati bilan, biz tarixiy xotirani saqlab qolish, tarixni qayta yozishga yo‘l qo‘ymaslik, faxriylarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, yosh avlodni ularga hurmat ruhida tarbiyalash yuzasidan fikr almashdik», - dedi Lavrov.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, MDH yo‘nalishi bo‘yicha Ikkinchi jahon urushi yakunlangani yubileyi munosabati bilan ko‘plab hujjatlar tayyorlanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida davlat rahbari «uning uchun 9 may bayrami, xuddi Rossiya rahbariyati va barcha rossiyaliklar, shuningdek, O‘zbekistonning barcha fuqarolari uchun bo‘lgani kabi qadrli ekanini ta’kidladi».
Mintaqalararo, yoshlar va media forumlari Rossiya hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni boyitmoqda, deya ma’lum qildi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gumanitar sohada hamkorlikning yaxshi istiqbollari ochilmoqda, «u doimo ikki tomonlama hamkorlikning eng ilg‘or yo‘nalishi bo‘lib kelgan hamda Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari orasida katta qiziqishga sabab bo‘lgan». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi